Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5 yil avval g‘oyib bo‘lgan teleboshlovchining skeleti topildi

5 yil avval g‘oyib bo‘lgan teleboshlovchining skeleti topildi

Hindistonning Korba shahri politsiyasi 2018 yilning oxirida g‘oyib bo‘lgan teleboshlovchi Salma Sultana Lashkarning qoldiqlarini magistral yo‘l ostidan topdi, deb xabar bermoqda Indian Express gazetasi.

Nashrning yozishicha, politsiya ko‘rpaga o‘ralgan ayol skeletini topgan. U o‘limi paytida 30 yoshda bo‘lgan va mahalliy kanallardan birida teleboshlovchi bo‘lib ishlagan.

Politsiyaning taxminiga ko‘ra, Lashkar 2018 yil oktabr oyida o‘zining 37 yoshli fitnes instruktori tomonidan o‘ldirilgan. Keyin u ikki sherigi yordamida jasadni bir yildan so‘ng magistral qurilishi boshlangan kimsasiz hududga yashirgan.

Hafta boshida har uchala gumonlanuvchi hibsga olingan, shundan so‘ng marhumaning taxminiy ko‘milgan joyini aniqlash imkoni bo‘ldi. Mahalliy politsiya boshlig‘i Uday Kiranning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar qoldiqlarning shaxsini aniq aniqlash uchun jabrlanuvchi va uning qarindoshlaridan DNK namunalarini yig‘adi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring