Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston bilan chegarasi suv toshqinlari sabab yuvilib ketganini aytmoqda

Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston bilan chegarasi suv toshqinlari sabab yuvilib ketganini aytmoqda

Suv toshqinlari sababli Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan o‘rtasidagi chegaralarini suv yuvib ketgan av ayni paytda qayta chegaralash bo‘yicha yangi strategiya e’lon qilingan.

«Biz o‘tmishdagi chegaralarni aniqlash bo‘yicha muhim ishlarni olib boryapmiz. Bu masalani davlat rahbari bilan maslahatlashib oldik», – deydi Mansur.

Qayd etilishicha, chegaraning Amudaryosi hududidan o‘tuvchi qimini rekonstruksiya qilish uchun 200 million afg‘on mablag‘i ajratiladi.

Mansur, shuningdek, Afg‘onistonning suv xo‘jaligi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojiga to‘xtalib, vazirlik yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali bu sohada o‘zini-o‘zi ta’minlashga erishishni maqsad qilganini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston suv resurslaridan 23 ming megavatt, shamol resurslaridan 67 ming megavatt, quyosh energiyasidan 222 ming megavatt va issiqlik energiyasidan 6 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring