Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini tiklamoqchi

Afg‘oniston Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini tiklamoqchi

Foto: Ariana News

Tolibon Afg‘onistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zoligini tiklash masalasida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Ariana News.

«Afg‘oniston sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ahmadulla Zayd Yevropa Ittifoqining Afg‘onistondagi ishonchli vakili Veronika Boskovich-Poxar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Afg‘onistonning JSTga a’zoligini tiklash va savdo aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi», — deb yozdi nashr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring