Afg‘oniston politsiyasi sobiq rahbari Tehronda otib ketildi
Afg‘oniston politsiyasi sobiq rahbari Ikromuddin Sari Tehron markazidagi otishmada halok bo‘ldi.
Manbalarga ko‘ra, u qurollangan noma’lum shaxslarning pistirmasiga tushgan. Uning sheriklari: afg‘on armiyasi sobiq zobiti Muhammad Amin Olmos halok bo‘lgan, yana biri esa jarohatlangan.
Ikromuddin Sari Tohar va Bog‘lon viloyatlari politsiyasini boshqargan. Afg‘onistonni 2021-yilda tashlab chiqqan, Eronga kelib «Tolibon» harakatini oshkora qoralagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter