Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda qahraton qurbonlari soni 80 nafarga yaqinlashdi

Afg‘onistonda qahraton qurbonlari soni 80 nafarga yaqinlashdi

Foto: The Hindu

Afg‘oniston tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda qahraton sovuq oqibatida so‘nggi to‘qqiz kunda kamida 78 kishi halok bo‘ldi.

Vazirlik vakili Shafiullo Rahimiy o‘z idorasi boshqa davlat muassasalari bilan birgalikda kamida 1 mln kishiga oziq-ovqat va pul ko‘rinishida madad berganini ta’kidladi.

Afg‘oniston meteorologiya departamenti bu yil havo harorati misli ko‘rilmagan darajada pasayib ketganini qayd etgan. Mamlakat g‘arbidagi G‘ur viloyatida harorat -34 darajagacha tushib ketdi.

«Butun mamlakatni qurshab olgan qahraton keyingi haftagacha davom etadi», — dedi meteorologiya departamenti rahbari Muhammad Juma Navro‘z.

Qattiq sovuq va qor bo‘ronlari aksariyat viloyatlardan o‘tuvchi asosiy yo‘llarni bekitib qo‘yib, muhtojlarga yordam yetkazishni qiyinlashtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring