Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 800 kishidan oshdi

Afg‘onistonda kecha kechqurun sodir bo‘lgan kuchli zilzila nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy geosiyosiy vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Kunar va Nangarxar viloyatida sodir bo‘lgan zilzila manitudasi 6 ballni tashkil qilgan, ammo o‘choq yer yuzasiga yaqin – 8-10 km chuqurlikda bo‘lgani sababli juda katta vayrongarlikka olib keldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 812 kishi halok bo‘ldi, hududlarda 2 800 kishi jarohatlangan, shuningdek ko‘plab qishloqlarda uylar qattiq zararlangan.
Bir muddat oldin zilzila oqibatida Kunar hukumati kamidan 610 qurbon haqida ma’lum qildi, Nangarxarda esa 12 nafar halok bo‘lgani aytilgandi
Hozirda tabiiy ofat joylarija qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda: harbiy-himoya kuchlari, tibbiy jamoalar va vertolyotlar ishtirok etib, jarohatlanganlarni va qurbonlarni evakuatsiya qilmoqda.
Manba: aljazeera.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter