Aholi jon boshiga YIM: Janubiy Koreya Yaponiyani ortda qoldirdi

Janubiy Koreyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM) 2024-yilda $36 000 dan oshdi, deb xabar berdi Business Korea.
Yarimo‘tkazgichlar qimmatlashishi hamda eksport hajmi oshishi hisobiga ushbu ko‘rsatkichga erishilgan.
2025-yilda mamlakatda aholi jon boshiga YIM qiymati 37 000 dollardan oshishi kutilyapti va $37 500 qayd etilgan 2021-yilgi ko‘rsatkichga yaqin qoladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2024-yil oktyabridagi prognozida aholi jon boshiga YIM Janubiy Koreyada — $36 132, Yaponiyada — $32 859, Tayvanda — $33 234 ga yetishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter