Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahnamosi etib tanlandi

Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahnamosi etib tanlandi

© Google

Eron ulamolaridan iborat ekspertlar kengashi AQSh va Isroilning havo hujumlarida halok bo‘lgan Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni mamlakat oliy rahnamosi lavozimiga munosib ko‘rdi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

56 yoshli Sayyid Mojtabo Xominaiy shialar ulamosi, u Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘lidir.

Mojtabo Xominaiy Eron siyosiy-diniy elitasidagi eng ta’sirli shaxslardan biri hisoblanadi. U uzoq yillar davomida oliy rahbar apparatida faoliyat yuritgan va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan. Eron Ekspertlar kengashi bayonotida aytilishicha, oliy rahbar halok bo‘lganidan keyin hokimiyat vakuumining oldini olish maqsadida favqulodda yig‘ilish chaqirilgan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, mamlakatning yangi — uchinchi oliy rahbari etib oyatulloh Mojtabo Xominaiy tayinlangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring