Almazbek Atambayev qamoqqa olindi
Qirg‘iz Respublikasi sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Atambayev Bishkekda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etganlik bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan tergov buyrug‘i asosida qo‘lga olingani aytilmoqda.
«Ayni paytda idoralararo tergov-tezkor guruhi ushbu jinoyatga aloqador boshqa sheriklarni aniqlash va hibsga olishga qaratilgan tergov-tezkor tadbirlarini davom ettirmoqda», — deyiladi MXDQ bayonotida.
Almazbek Atambayev Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ayblanmoqda. 2019-yil 7-8-avgust kunlari Qo‘ytoshda sodir etilgan voqealar va Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Atambayev 6-oktyabrga o‘tar kechasi namoyishchi olomon tomonidan MXDQ qamoqxonasidan ozod etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter