Amerikalik milliarder yaxtasining «yashirin ma’noli» nomini o‘zgartirdi
Amerikalik yahudiy milliarder Larri Ellison o‘z yaxtasining «teskari nomi» ham borligini bilgach, uni darhol o‘zgartirdi.
Yaxtaga yapon mifologiyasidagi ma’buda sharafiga Izanami nomi qo‘yilgan edi, ammo teskarisiga o‘qilsa — I’m a Nazi («Men natsistman») degan ma’no chiqadi.

Milliarder yaxtani Ronin deb qayta nomlagan. «Ronin» — o‘z xo‘jayinidan ayrilgan darbadar samuray.
Aytishlaricha, Ellison bosh vazir Benyamin Netanyahu bilan juda qalin, Isroil armiyasini tinmay moliyalashtirib keladi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter