AQSh dunyodagi qurolning 43 foizini yetkazib beryapti
AQSh dunyodagi qurolning 43 foizini yetkazib beryapti — USA Today nashrida Marko Rubio va Pit Hegset nomidan chiqqan maqolada shunday ma’lumot berildi.
AQSh Davlat kotibi va Pentagon rahbariga ko‘ra, Amerika mudofaa sanoati majmuasining buyurtmalar portfeli 190 ta hamkor davlat bilan tuzilgan 16 mingdan ortiq shartnomani o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy qiymati taxminan 900 milliard dollarni tashkil etadi.
Biroq mudofaa sanoatining ishlari sust, shu bois mijozlar Qo‘shma Shtatlar qurollarini yillab kutishmoqda. Ittifoqchilar hatto oldindan to‘lovni amalga oshirgan taqdirda ham, ko‘pincha «kutish ro‘yxati»ga tushib qolishmoqda va yetkazib berishning aniq muddatlarini bilishmaydi, deyiladi maqolada.
Rubio va Hegset yangi sarmoyalar jalb etish va ta’minot zanjirlarini yo‘lga qo‘yib, xarid qilish tizimi hamda mudofaa korxonalari bilan ishlash tartibini o‘zgartirishga va’da berishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter