Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Eronga yana zarba berdi, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qildi

AQSh Eronga yana zarba berdi, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qildi

AQSh Qurolli kuchlari 10-iyun kuni Eron hududidagi nishonlarga qarshi yangi zarbalar berdi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi. 

Vashington ushbu hujumlarni «Eronning davom etayotgan agressiyasiga javob» deb atadi. AQSh ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Eron janubidagi bir qator harbiy va strategik obyektlarga yo‘naltirilgan.

Eron davlat OAVlari Minab, Sirik va Bandar-Abbos shaharlari atrofida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi.

Tehron esa javob tariqasida Fors ko‘rfazi davlatlari va Iordaniyadagi AQSh harbiy bazalariga raketa hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi. Bir qator davlatlarda havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar ishga tushirilgan.

Shu bilan birga, Eron harbiy qo‘mondonligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozining to‘liq yopilganini e’lon qildi. Bayonotda aytilishicha, bo‘g‘oz orqali harakatlanishga urinadigan har qanday kema hujumga uchrashi mumkin.

Biroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi bu ma’lumotni rad etib, savdo kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishda davom etayotganini bildirdi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dunyo neft savdosining muhim qismi o‘tadigan strategik yo‘lak hisoblanadi. Shu bois uning yopilishi haqidagi xabarlar xalqaro energetika bozorlarida jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring