Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh sudi Tramp tariflarini noqonuniy deb topdi

AQSh sudi Tramp tariflarini noqonuniy deb topdi

Foto: Euronews

Manxettendagi sudyalar hay’ati qaroriga ko‘ra, AQSh Federal savdo sudi Prezident Donald Trampning xorijiy importga 10 foizlik tarifini noqonuniy deb topdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi

Qaror prezident tomonidan 2026-yil fevral oyida joriy etilgan 10 foizlik tariflarga taalluqlidir. Sud bir guruh kichik biznes vakillari va 20 dan ortiq shtatlar tomonidan qo‘zg‘atilgan da’voni qondirdi. Kompaniyalar prezident o‘z vakolatlaridan oshib ketganini ta’kidladilar. Buyruq faqat da’vogarlar va Vashington shtatiga tegishli. 

Sudyalar AQSh ma’muriyati «savdo defitsiti» ni «to‘lov balansi defitsiti» bilan tenglashtirib, qonunni noto‘g‘ri talqin qilgan degan qarorga kelishdi. Prezidentning ijro etuvchi buyrug‘i Kongressning roziligisiz bunday tariflarni joriy etishga imkon beradigan muhim xalqaro to‘lov muammolari mavjudligini isbotlay olmadi. 

Qarorga izoh berar ekan, Donald Tramp unga qarshi ovoz bergan sudyalarni «radikal chap qanot vakillari» deb atadi.«Sudlarda meni hech narsa ajablantirmaydi. Shuning uchun biz har doim boshqacha qaror qabul qilamiz», dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring