Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Donbass evaziga bermoqchi

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Donbass evaziga bermoqchi

AQSh tomoni Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni Kiyevning ehtimoliy tinchlik kelishuvi shartlariga roziligi, jumladan Donbassni Rossiya nazoratiga o‘tkazish bilan bog‘lamoqda. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish masalasi Kiyevning tinchlik bitimiga rozi bo‘lishiga bog‘liq ekanini ochiq-oydin bildirgan. Ushbu kelishuv esa, ehtimol, Donbassdan ukrain qo‘shinlarini chiqarishni nazarda tutishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSh tinchlik davrida Ukraina Qurolli Kuchlarini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq bu ham Kiyevning Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishiga bog‘liq.

Ukraina hukumati esa har qanday hududiy yo‘qotishlardan oldin xavfsizlik kafolatlarining aniq va rasmiy tasdiqlanishini talab qilmoqda. Ukraina rasmiylaridan birining ta’kidlashicha, Kiyev AQShning bunday kafolatlarni berishga tayyorligi borasida tobora ko‘proq shubha qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, har safar kelishuvni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘lganida, AQSh orqaga chekinayotgandek ko‘rinyapti.

Shu bilan birga, AQSh pozitsiyasidan xabardor manba Financial Times’ga ma’lum qilishicha, Vashington Ukrainaga hududiy kelishuvlarni majburiy ravishda yuklashga urinayotgani yo‘q. Manbaning ta’kidlashicha, xavfsizlik kafolatlari faqat ikki tomon ham tinchlik kelishuviga rozi bo‘lgan taqdirdagina muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring