Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va Isroil HAMASga jiddiy talabnoma qo‘yadi: tafsilotlar

AQSh va Isroil HAMASga jiddiy talabnoma qo‘yadi: tafsilotlar

AQSh va Isroil G‘azodagi mojaroga barham berish bo‘yicha yangi taklif ustida ishlamoqda, deb yozadi The New York Times manbalariga asoslanib.

Yangi kelishuv HAMASdan barcha garovdagilarni ozod qilish va qurolsizlantirishni talab qiladi. “Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASga ultimatum qo‘yishni o‘z ichiga olgan yangi taklif ustida ishlamoqda”, deb yozadi nashr. 

Nashrning yozishicha, yangi reja HAMAS tomonidan garovga olingan qolganlarni ozod etish, shuningdek, jangovar harakatlarni to‘xtatish va Falastin harakatini qurolsizlantirishni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroil falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak. 

 Shanba kuni AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff G‘azoda garovga olingan isroilliklarning oilalari bilan uchrashuvda HAMASni qurolsizlantirishga tayyorlanishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va Isroil urushni tugatishga qaratilgan kelishuv ustida ishlamoqda. Falastin harakati poytaxti Quddusda bo‘lgan Falastin davlati tuzilmaguncha, qurolini tashlab ketmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring