Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

AQShda otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 22 noyabr kuni AQShning Virjiniya shtatida erkak Walmart do‘koni yonida odamlarga qarata o‘t ochgan. Buning oqibatida 10 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy WAVY-TV telekanali xabar qildi.

Hodisa Virjiniya shtatining Chesapik shahrida sodir bo‘lgan. Otishma do‘kon menejeri tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, u keyinroq o‘z joniga qasd qilgan.

«Politsiya vakili WAVYga o‘ndan ortiq odam halok bo‘lmaganini aytdi», – deyiladi telekanal bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otishmadan keyin besh bemor Sentara Norfolk kasalxonasiga yotqizilgan. Shu bilan birga, jabrlanganlar boshqa mahalliy klinikalarga yetkazilgan.

Shahar rasmiylari otishma sodir bo‘lganini tasdiqladi. Erkakni qotillikka undagan motivlar noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring