Argentina iqtisodiyoti retsessiyaga kirdi
Xaver Miley
Argentina iqtisodiyoti rasman retsessiya holatiga kirdi, bu esa erkin bozor haqidagi orzularga amalda chek qo‘ymoqda, deb yozdi mamlakatda chop etiladigan nufuzli La Reforma gazetasi.
Mamlakatning oylik iqtisodiy faollik ko‘rsatkichi (EMAE) avgust oyida o‘tgan oyga nisbatan atigi 0,1 foizga o‘sgan, yillik hisobda esa 1,7 foizga qisqargan. Bu ketma-ket ikki chorak davomida iqtisodiy pasayishni, ya’ni texnik retsessiyani anglatadi.
Populist prezident Xaver Miley boshqaruvi davrida mamlakatda 32,3 mingta korxona yopildi, sanoat, qurilish va chakana savdo esa amalda vayron bo‘ldi. Iqtisodiyotning yagona o‘sayotgan sektorlari — moliyaviy spekulyasiyalar hamda tabiiy resurslar savdosi.
Buning fonida mamlakat aholisining uchdan bir qismi qashshoqlik chegarasidan pastda qolmoqda.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter