Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armaniston Falastinni rasman tan oldi

Armaniston Falastinni rasman tan oldi

Foto: Sputnik Armeniya

Armaniston Falastin mustaqilligini tan oldi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

«Armaniston Respublikasi Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik, yahudiy va falastin xalqlari o‘rtasida mustahkam yarashuv o‘rnatilishidan chin dildan manfaatdor. Turli xalqaro platformalarda biz doim Falastin muammosini tinch va keng qamrovli hal etish tarafdori bo‘lib kelganmiz va Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning ikki davlat tamoyilini qo‘llab-quvvatlaymiz», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Sloveniya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring