Avstraliyada yana otishma sodir bo‘ldi: 3 kishi halok bo‘ldi, yana 1 kishi jarohatlandi
AP News ma’lumotiga ko‘ra, hodisa bugun, 22 yanvar kuni Yangi Janubiy Uels shtatidagi Leyk-Kargelligo shahrida sodir bo‘lgan.
Hodisa joyida ikki ayol va bir erkakning jasadi topilgan, yana bir kishi og‘ir, lekin barqaror holatda shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya hozircha qotillarni qo‘lga olgani yo‘q. Mahalliy aholiga uyda qolish tavsiyasi bilan favqulodda ogohlantirishlar yuborilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor harakatlarni davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, otishma milliy motam marosimida, o‘tgan yilning 14 dekabr sanasida Sidneyda 15 kishi halok bo‘lgan ommaviy otishma qurbonlari xotirlanayotgan paytda sodir bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter