Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA Shanxay Hamkorlik Tashkilotida hamkor maqomini oldi

BAA Shanxay Hamkorlik Tashkilotida hamkor maqomini oldi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)dagi muloqot bo‘yicha hamkor maqomini rasman oldi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

«Birlashgan Arab Amirliklari Tashkilot Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi chog‘ida ShHTda muloqot bo‘yicha hamkor maqomini rasman oldi. BAAning ShHTga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi Abu-Dabining dunyo mamlakatlari va ko‘p tomonlama tashkilotlari bilan aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi doimiy sa’y-harakatlarini o‘zida mujassam etadi.

Ma’lumot uchun, ShHTga Rossiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston va Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.

Hindiston 2022 yilning sentyabr oyida ShHT guruhiga raislikni o‘z zimmasiga olgan va bu yil sammitga mezbonlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring