Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barham Solih Iroqning yangi prezidenti etib saylandi

Barham Solih Iroqning yangi prezidenti etib saylandi

Foto: «AA.com»

Iroq parlamenti kecha, 2 oktyabr kuni 329 nafar deputatdan 301 nafari ishtirokida mamlakatning yangi prezidentini sayladi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.

Ovoz berish jarayoni yakuniga ko‘ra, Iroqning sobiq prezidenti Jalol Talaboniyning partiyasi Kurdiston vatanparvarlar ittifoqidan bo‘lgan nomzod Barham Solih Iroqning to‘rtinchi prezidenti etib saylandi.

Ovoz berish jarayonida Barham Solih 156 ta ovoz olgan. Uning raqibi Fuat Husayn esa 89 ta ovozga ega bo‘lgan.

 

Iroqda parlament deputatlari saylanganiga 5 oy bo‘lishiga qaramasdan, hanuz yangi hukumat qurilmagan edi. Bunga ikki kurd partiyasi o‘rtasidagi nizo sabab qilib ko‘rsatilayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring