Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden ma’muriyatida kelishmovchiliklar chiqdi

Bayden ma’muriyatida kelishmovchiliklar chiqdi

G‘azo sektori shafqatsiz bombardimon qilinishda davom etarkan, Bayden ma’muriyatining rasmiylari orasida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotganlar soni ortmoqda, deya xabar beradi CNN. Bayden Isroilning mintaqadagi harakatlarini asosli deb atagan.

AQSh ma’muriyatida «tashvish va xavotir» avj olmoqda, chunki ko‘proq rasmiylar Isroil operatsiyasining borishidan noroziligi tufayli G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori, deya xabar beradi CNN masaladan xabardor odamlarga tayanib.

Ularning ta’kidlashicha, Isroil kuchlari «o‘zlarining shafqatsiz hujumlarini» to‘xtatishni istamaydi va anklavdagi tinch aholi qurbonlari soni allaqachon minglab odamlarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, rasmiylar Isroil AQShning tinch aholi o‘limiga yo‘l qo‘ymaslik, gumanitar pauzalar e’lon qilish, G‘arbiy Sohilda kuchayib borayotgan zo‘ravonliklarga qarshi kurashish va G‘azo bo‘yicha uzoq muddatli rejalar ustida ishlash haqidagi chaqiriqlariga quloq solmayotganidan xavotirda, deya qo‘shimcha qilgan manbalar.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning havo hujumlari va quruqlikdagi operatsiyalari davomida 10 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan va 25 ming kishi jarohatlangan. Isroil tomonida 1,4 mingdan ortiq halok bo‘lgan va 5,4 mingdan ortiq jarohat olgan.

Avvalroq G‘azo sektoridagi gumanitar tanaffusni Katta yettilik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ham qo‘llab-quvvatlagan, ular ham ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirgan edi.

Isroil bosh vaziri Netanyaxu G‘azo sektorida davom etayotgan operatsiya maqsadini HAMASni butunlay yo‘q qilish deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring