Baydenning yurishi og‘irlashib, yo‘tali kuchaydi
![Baydenning yurishi og‘irlashib, yo‘tali kuchaydi](https://xabar.uz/static/crop/1/6/920__95_1694427037.jpg)
AQSh prezidenti Jo Baydenning yo‘tali kuchaygan, yurishi yomonlashgan, u yurak urishi me’yorining buzilishidan davolanmoqda, dedi uning davolovchi shifokori Kevin OKonnor.
Biroq u jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ham bildirgan.
«Prezident o‘z vazifalarini ado eta oladigan darajada sog‘lom, o‘ziga yuklangan barcha vazifalarni hech qanday istisnosiz to‘liq bajarmoqda», dedi shifokor.
Bayden shanba kuni 79 yoshga to‘ladi va mamlakat tarixidagi eng keksa amaldagi prezident hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter