Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belgiyada odam suyaklaridan iborat devor topildi (Foto)

Belgiyada odam suyaklaridan iborat devor topildi (Foto)

Foto: «CC0/StockSnap»

Belgiyaning Gent shahrida arxeologlar Avliyo Bavon cherkovida qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda odam suyaklaridan tashkil topgan devorga duch kelishdi, deya xabar berdi «The Brussels Times» nashri.

Devor asosan katta yoshli odamlarning son va boldir suyaklaridan barpo etilgan bo‘lib, ularning orasi bosh suyaklari bilan to‘ldirilgan.

Odam qoldiqlari XV asrning ikkinchi yarmiga borib taqalishi taxmin qilinmoqda. Biroq arxeologlar «suyakli devor»ning XVII-XVIII asrlarda qurilganini ta’kidlashmoqda.

Olimlarning fikricha, devorlar yangi mozorlar uchun joy tayyorlash maqsadida cherkov qabristonini tozalash vaqtida ko‘tarilgan. Tadqiqotchilardan biri Yaniyek de Grizening so‘zlariga ko‘ra, qabristonni tozalayotganda suyaklarni shunchaki tashqariga chiqarib tashlab bo‘lmasdi, shu bois ular uchun ossuariylar – suyak qoldiqlarini saqlash uchun maxsus joylar barpo etilgan.

«Bu topilma Belgiyada noyob», — deya ta’kidlaydi arxeologlar guruhi vakili Ruben Villaert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring