Bitkoin narxi shiddat bilan pasaymoqda
Bitkoin narxi 2025 yil 7 apreldan beri birinchi marta 75 ming dollardan pastga tushdi.
Binance platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun tongda bitkoin narxi 74 859,9 dollarni (4,89% pasayish) tashkil etdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda bitkoin narxining oshishiga hech qanday sabab yo‘q. Agar u 75 ming dollar darajasida mustahkamlana olmasa, "yangi qulash to‘lqini"ni kutish mumkin. Kriptovalyuta bozorida hech qanday tub o‘zgarishlar yuz bermasa, 2027 yilga borib bitkoin kursi 40 ming dollargacha tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bitkoinning narxi 2025 yil oktyabr oyida $126 000 gacha qimmatlagan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter