Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg: Isroil mudofaa xarajatlarini 13 mlrd dollarga oshirmoqchi

Bloomberg: Isroil mudofaa xarajatlarini 13 mlrd dollarga oshirmoqchi

Foto: Getty Images

Isroil hukumati Eronga qarshi harbiy operatsiyani moliyalashtirish maqsadida mudofaa budjetini 40 milliard shekelga (taxminan 13 milliard dollar) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu masala bo‘yicha hukumat ovoz berish jarayoni seshanba kuni o‘tkazilishi mumkin. Keyinchalik qaror mamlakat parlamenti – Knesset tomonidan oy oxirigacha tasdiqlanishi kutilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘ Isroil yalpi ichki mahsulotining taxminan 2 foiziga teng.

Nashrning mamlakat moliya vazirligidagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, bu summa Isroil yalpi ichki mahsulotining taxminan 2 foiziga teng. Manbaning aytishicha, mazkur mablag‘ hali ommaga rasman e’lon qilinmagan 2026-yilgi qayta ko‘rib chiqilgan budjet tarkibiga kiritilgan.

Rejaga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lar Eronga qarshi harbiy amaliyot bilan bog‘liq xarajatlarni, jumladan qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish va armiya ehtiyojlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring