Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bloomberg: Xitoy oldida jiddiy iqtisodiy muammo paydo bo‘lmoqda

Bloomberg: Xitoy oldida jiddiy iqtisodiy muammo paydo bo‘lmoqda

Aprel oyida Xitoydan kapitalning chiqib ketishi kuchayib ketdi, bu esa zaif ichki iqtisodiyot va AQSh Federal zaxira tizimi stavkalari bo‘yicha noaniqlik sharoitida yuan uchun xavf ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Juma kuni e’lon qilingan rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida mahalliy kompaniyalar 2016 yildan beri banklardan eng ko‘p xorijiy valyuta sotib olgan. Shu bilan birga, eksportchilar dollar tushumlarini konvertatsiya qilishdan o‘zlarini tiyib, rezidentlar chet el safarlari uchun xorijiy valyutani faol ravishda sotib olishdi.

Bu omillar yuan bo‘yicha ehtiyotkorona prognozga ishora qiladi, Xitoy valyutasi iqtisodiy jozibardorligi pasayishi mumkin. Xitoy Xalq banki yuanni qattiq chegarada ushlab turish uchun qadam qo‘yayotgan bo‘lsada, bu yil Federal zaxira stavkalarini pasaytirish vaqti va darajasi haqidagi noaniqlik buni qiyinlashtirmoqda.

Aprel oyida sarmoyadorlar kapital oqimlari nuqtai nazaridan chet el aktivlarini afzal ko‘rdilar, bu yuanda bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan optimistik qarashni ko‘rsatadi. 

«Xitoy iqtisodiyoti uchun zaif o‘sish kutilmalari va kapital oqimining davom etishini hisobga olgan holda, eksportchilar yuanga emas, balki xorijiy valyutalarni saqlashga yuqori moyillik ko‘rsatmoqda», dedi Hang Seng Bank China bosh iqtisodchisi Deng Vang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring