BMT Bosh assambleyasi Rossiya bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi — 5 mamlakat qarshi ovoz berdi
BMT Bosh assambleyasi Rossiyadan Ukrainada kuch ishlatishni bas qilish va qo‘shinni olib chiqib ketish talab qilingan rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Rezolyusiya qabul qilinishini yoqlab 141 mamlakat ovoz berdi.
Qarshilar — 5 mamlakat (Rossiya, Belarus, Suriya, KXDR, Eritreya).
Betaraflar — 35 mamlakat (Xitoy, Hindiston, JAR, Qozog‘iston, Pokiston, Eron, Iroq, Kuba va boshqalar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter