Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT: Zilzila oqibatida Turkiyaga yetgan zarar 100 milliard dollardan oshdi

BMT: Zilzila oqibatida Turkiyaga yetgan zarar 100 milliard dollardan oshdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi matbuot kotibi Luiza Vintonning ta’kidlashicha, o‘tgan oyda Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila 100 milliard dollardan ortiq zarar keltirgan.

«Hozirgi kunga qadar olib borilgan hisob-kitoblar, xalqaro hamkorlar tomonidan tasdiqlangan rasmiy baholarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 100 milliard dollardan oshishini aniq ko‘rsatmoqda», – deydi u.

Bu Jahon bankining avvalgi dastlabki hisob-kitobidan (34,2 mlrd) qariyb uch barobar ko‘pdir.

Kelgusi haftada Bryusselda moliyaviy donorlarning yirik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, uning asosiy mavzusi Turkiya infratuzilmasini tiklash bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 mingga yaqin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring