Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar orasida semirish ortmoqda — JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasini chiqardi

Bolalar orasida semirish ortmoqda — JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasini chiqardi

© Google

JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk global tavsiyalarni e’lon qildi. Unda zararli mahsulotlarni kamaytirish va foydali oziq-ovqat ulushini oshirishga urg‘u berilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan maktablarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk global tavsiyalar e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

JSST rahbariyati fikricha, umumta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash kelgusida ko‘plab kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tavsiyalarda maktablarda shakar, tuz va transyog‘lar kabi zararli mahsulotlar iste’molini kamaytirish, aksincha meva-sabzavot, yong‘oq, don va dukkakli mahsulotlar ulushini oshirish zarurligi qayd etilgan.

Tashkilot ushbu qo‘llanmani amaliyotga joriy etishda davlatlarga texnik ko‘mak ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn va semirish holatlari keskin ortib bormoqda. 2025 yilda ilk bor bolalar o‘rtasida semirish ko‘rsatkichi ozg‘inlikdan ancha yuqori bo‘ldi. Har o‘ninchi bola semirishdan aziyat chekmoqda, 391 million nafar bola va o‘smir ortiqcha vaznga ega.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab oshxonalarida o‘quvchilar sog‘ligi uchun zararli mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi taqiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring