Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boltiqbo‘yi davlatlarining Rossiya hujumiga qarshi rejasi oshkor qilindi

Boltiqbo‘yi davlatlarining Rossiya hujumiga qarshi rejasi oshkor qilindi

Estoniya, Latviya va Litva Rossiya hujumi sodir bo‘lgan taqdirda aholini evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi hukumat rasmiylariga asoslanib xabar berdi

Litva tashqi ishlar vaziri Kestutis Budris agentlikka bergan intervyusida: “Bu jamiyatimiz tayyorligi va rejalar tuzayotganligimiz uchun dalda beruvchi signaldir" deya izoh berdi. Reja tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda, deya ta’kidladi agentlik manbalari. May oyida, Estoniya, Latviya va Litva fuqarolik mudofaasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolaganidan keyin rejalar faollashdi. 

Litva yong‘in xavfsizligi xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish punktlari allaqachon tanlangan, jumladan, Vilnyusda ham evakuatsiya qilish uchun poyezdlar va avtobuslar ajratilgan, zaxiralar to‘plangan. Avtomobil bilan evakuatsiya qilinayotganlarni ikkinchi darajali yo‘llarga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Aholiga boshpana topish mumkin bo‘lgan shaharlar ko‘rsatilgan xarita allaqachon tayyorlangan. 

Litvada odamlarni maktablar, universitetlar, cherkovlar va Kaunasdagi arenaga joylashtirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar boshqa shaharlarda ham tayyorlanmoqda. Biroq hozirda uch davlatning hech biri odamlarni chegaradan o‘tkazishni rejalashtirmayapti. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hech qachon "hech kimga hujum qilishni" rejalashtirmaganini aytdi. Uning fikricha, Yevropa davlatlarining bunday bayonotlari davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqaradi, xolos.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari 2022-yil fevral oyida Ukrainaga hujum qilinmasligini bot-bot takrorlagan edilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring