Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyada havo sovishi oqibatida qahva narxi sakradi

Braziliyada havo sovishi oqibatida qahva narxi sakradi

Illyustrativ foto

Braziliyada havoning sovishi Nyu-York birjasida arabika qahvasi narxini keskin oshirib yubordi va iyul boshidan buyon maksimal ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Birjada qahva bo‘yicha xavotirli takliflar paydo bo‘lishi uchun «ozgina sovuq» ham yetarli, arabika fyucherslari 7 foizga keskin qimmatladi, deb yozdi agentlik.

O‘tgan dam olish kunlari Braziliyadagi ba’zi qahva plantatsiyalarida qirov tushgandi. Bundan-da yomonroq ob-havo bugun, seshanbada kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring