Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlarini boshqarishga o‘rgatadi

Britaniya ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlarini boshqarishga o‘rgatadi

Buyuk Britaniyada Ukraina Qurolli Kuchlari uchuvchilarini F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarish bo‘yicha o‘qitishning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Britaniya hukumati vakiliga tayanib, Foreign Policy nashri yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin uchuvchi dastlabki tayyorgarlikni o‘zlashtiradi. Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari dastlabki tayyorgarlikni quruqlikda o‘taydi. Shundan so‘ng ular jangovar samolyotlarda chuqurroq o‘qitishga tayyor bo‘ladi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak London yozda Ukraina Qurolli kuchlari uchun uchuvchilar tayyorlashni boshlashini ma’lum qilgandi. 2022 yilda Britaniya 15 ming ukrainalik askarni tayyorlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring