Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bryusselda Trampga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Bryusselda Trampga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

NATOga a’zo davlatlar vazirlari joriy yil iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik doirasida Belgiya poytaxtida yig‘ilmoqda.

Chorshanba kuni o‘nlab odamlar Bryussel markaziy vokzali oldida Trampga qarshi namoyish o‘tkazib, AQShda demokratik qadriyatlarni himoya qilishga chaqirib chiqdi.

«Xorijdagi demokratlar» Belgiyadagi bo‘limi matbuot kotibi Robin de Vouters  «Tramp ma’muriyatining konstitutsiyaviy va Amerika qadriyatlariga hujumiga qarshi norozilik» bildirayotganini aytgan.

«U qonun ustuvorligini hurmat qilishi kerak. Sud qarorlarini hurmat qilishi kerak. Kongressdagi qonuniy jarayonni hurmat qilishi kerak. Va u o‘zini avtokrat sifatida ko‘rsata olmaydi», – deydi u.

«Xorijdagi demokratlar» Belgiyadagi bo‘limi sobiq raisi Paulin Manos AQSh NATOning kuchli a’zosi ekani, shartnomalar hurmat qilinishi kerakligi hamda NATO bilan aloqalar yo‘qqa chiqmasligi lozimligini aytadi.

«Bu yana sodir bo‘lishi mumkin emas. Biz Yevropa tomonida turamiz», – deydi u Trampning 2016 yildagi birinchi muddatida olib borgan siyosatiga ishora qilib. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring