Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ayrat Yo‘ldosh

Beshikdan qabrgacha ilm izla!

«Aybingni tan ol, aks holda seni Butirkaga tiqaman!»

«Aybingni tan ol, aks holda seni Butirkaga tiqaman!»

Foto: «M24.ru»

Mahalliy aholining ko‘plab shikoyatlari sabab Moskvadagi «Butirka» tergov izolyatori yopiladigan bo‘ldi.

Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori o‘rinbosari Valeriy Maksimenkoning ma’lum qilishicha, yaqin orada Dmitrov shossesida yoki Novaya Moskvada 5 ming o‘rinlik yangi tergov izolyatori paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, «Butirka» tergov izolyatorining yopilishi haqidagi gaplar anchadan beri bo‘lgan. Avvalroq Moskvaning Tver tumanidagi turma xususiylashtirilib, uning o‘rniga yangi tergov izolyatori qurishlari tahmin qilingandi.

«Butirka» Moskvadagi eng katta va Rossiyadagi eng eski turmalardan biri hisoblanadi. Turmaning 200 yildan ko‘proq tarixga ega binosi davlat tomonidan muhofaza qilinuvchi tarixiy va arxitekturaviy yodgorliklar ro‘yxatida turadi.

Ma’lumki, Sobiq Ittifoq davrida xalqimiz o‘z boshidan uch marta yoppasiga qama-qamalarni o‘tkazdi.

Birinchisi 1927-32-yillarda kollektivlashtirish davrida «boy-quloq» deb ancha odamlarimiz nohaq qamalishgan.

Ikkinchisi 1937-1953-yillarda, Stalin zulmining avjiga chiqqan paytlarida millionlab hamyurtlarimiz «Xalq dushmani» sifatida nohaq qamalib qamoq hididan nafas olishgan.

Uchinchisida esa 1984-1988-yillarda «Paxta ishi» deb atalgan ish bo‘yicha yuz minglab hamyurtlarimiz nohaq qamoqqa tiqilgan.

Tarixga qarasak, 1927-32-yillarda qamalganlar ham, yoki 1937-53-yillardagi qamalganlar ham, asosan, uzoq Sibirdagi qamoqxonalarga jo‘natilgan yoki surgun qilingan. Shu uchun ham o‘sha yillarda odamlar orasida «Sibirga surgun qilib yubormasin tag‘in», degan gap mashhur bo‘lgan va ana shu gapni eshitganda odamlarimiz qo‘rquvga tushishgan.

Xalqimizning yoppasiga qamoqqa tiqilishining uchinchisida, «Paxta ishi»da Moskvadagi Butirka tergov izolyatorini oti mashhur bo‘lib, uni butun xalqimiz tanidi. O‘sha 1984-88-yillarda Butirka desa odamlarimizni yuragiga qo‘rquv tushavergan. Sababi, «Paxta ishi» bo‘yicha qamalganlarning ko‘pchiligini ana shu Butirka tergov izolyatoriga olib qamashgan va ularni o‘sha yerda tergov qilishgan.
Shu uchun ham o‘sha «Paxta ishi» bo‘yicha qama-qamalar avjiga chiqqan paytda endi odamlar «Sibirga surgun qiladi» degan gapni eslamay qo‘yishgan va «Butirkaga olib borib tiqmasin yana», deb qamoqdan gap ochilsa darrov Butirkani eslashgan.

Manfur Gdlyan va Ivanov O‘zbekistondagi qama-qamalarni boshqarar ekan, o‘zlari ham, qo‘l ostidagi Moskvadan yuborilgan tergovchilar ham ushlab kelingan har odamga «Aybingni tan ol, aks holda seni Butirkaga jo‘nataman. O‘sha yoqda seni tavbangga tayantirishadi. Bu dunyoga kelganingga pushaymon bo‘lasan» deb dag‘dag‘a qilishar edi. O‘shanda Gdlyan va Ivanov va uning to‘dasi tomonidan qiynoqqa solingan hamyurtlarimizni bir qismi aslida bo‘lmagan aybini tan oladimi yoki yo‘qmi baribir Butirkaga jo‘natilgan.

O‘sha paytda Butirka tergov izolyatori o‘zbekistonliklar bilan to‘lgani uchun uning eshigi oldida o‘zbekistonlik mahbuslarning yaqinlari o‘z jigarlarini ko‘rish umidada doim sarg‘ayib navbatda turishgan.

O‘sha paytda «Paxta ishi» bahona bu tergov izolyatoriga O‘zbekistonning ko‘p odamlari tiqildi. Oblast partiya komitetining birinchi sekretarlari, rayon partiya komitetining birinchi sekretarlari, paxta tozalash zavodlarining direktorlari, raislar, brigadirlar, shuningdek o‘sha paytda bu tergov izolyatoriga O‘zbekiston kompartiyasining birinchi sektetari Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayevgacha tiqilgan.

O‘zbekistonlik mahkumlarni tergov davomida bu tergov izolyatorida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan usullar bilan qiynashgan.

Mana bugun xalqimiz boshiga og‘ir kunlar tushganda asosiy rolni bajargan o‘sha tergov izolyatorini yopishayapti.

Yosh avlod balki bilmas, ammo katta avlod bu tergov izolyatorining nomini alam va qayg‘u bilan eslaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring