Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga dronlar hujumi uyushtirildi

Moskvaga dronlar hujumi uyushtirildi

Bugun tunda Moskva shahri tomon uchirilgan 10 ta dron urib tushirilgan. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin xabar berdi.

«Moskvaning dushman uchuvchisiz uchoqlariga qarshi yaratilgan mudofaasi barcha hujumlarni muvaffaqiyatli qaytarish imkonini berdi. Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa kuchlari bugun tunda 10 ta dronni urib tushirdi. Bu uchuvchisiz qurilmalar yordamida Moskvaga qilingan eng katta hujumdir. Biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz», — deb yozdi u o‘z sahifasida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar qulagan joyda vayronagarchilik va qurbonlar bo‘lmagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring