Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CNN: Tramp Eronga qarshi harbiy zarbalar variantlarini ko‘rib chiqyapti

CNN: Tramp Eronga qarshi harbiy zarbalar variantlarini ko‘rib chiqyapti

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Vashington va Tehron o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki muzokaralar natija bermaganidan so‘ng, Eronga qarshi yangi keng ko‘lamli harbiy amaliy harakatlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, muhokama qilinayotgan variantlar orasida Eronning yadroviy ob’yektlariga havodan zarbalar berish, shuningdek, namoyishchilar o‘ldirilishida mas’ul deb hisoblanayotgan Eron rahbarlari va xavfsizlik tuzilmalari vakillariga nisbatan aviazarbalar ham bor.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan uchrashuv o‘tkazish uchun bir qator dastlabki shartlarni ilgari surgan. Ular orasida uranni boyitishni butunlay to‘xtatish, Eron ballistik raketalarining uchish masofasini cheklash va mintaqadagi qurollangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish talablari mavjud.

Biroq Eron tomoni raketalar masofasini cheklash talabini rad etgan va AQShga faqat yadroviy dastur masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Donald Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Shu bilan birga, u AQShning harbiy imkoniyatlari kengayganini hisobga olmoqda, chunki hozir mintaqada Amerika aviatashuvchilar guruhi joylashtirilgan.

Manbalardan birining aytishicha, Trampning asosiy maqsadi — Tehronni AQSh shartlarini qabul qilishga majbur qiladigan kuchli va ta’sirli zarba berishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring