Afg‘oniston poytaxtiga jiddiy muammo tahdid solmoqda
BMT Afg‘oniston poytaxtida suv tanqisligi millionlab odamlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
«Kobulda suv tanqisligi jiddiy kechmoqda. Bu inqiroz millionlab odamlarga ta’sir ko‘rsatdi. Bu shahar uchun hozir ham, kelajakda ham muammolar tug‘diradi», deb xabar berdi BMTning Aholi punktlari dasturining Afg‘onistondagi ofisi rahbari Stefani Lyusi.
BMT mutaxassislari Kobul aholisining tez o‘sishi, poytaxt suv resurslaridan haddan tashqari ko‘p foydalanishi va iqlim o‘zgarishini ushbu muammoning sabablari sifatida ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kobul dengiz sathidan 1800 metrdan oshiq balandlikda joylashgan bo‘lib, shahar aholisi salkam 4 million kishini tashkil etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter