Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyada ham Qur’on yoqildi. Bag‘doddagi musulmonlar Daniya elchixonasi oldida namoyish o‘tkazdi

Daniyada ham Qur’on yoqildi. Bag‘doddagi musulmonlar Daniya elchixonasi oldida namoyish o‘tkazdi

Daniyada so‘nggi bir hafta ichida «Daniya vatanparvarlari» ultramillatchi guruhi tomonidan ikkinchi Iroq elchixonasi oldida Qur’on kitobi yoqildi. Avvalroq 20-iyul kuni ham harakat faollari elchixona oldida Qur’on kitobini yoqqan va Iroq bayrog‘ini toptagan edi.

Daniya tashqi ishlar vazirligi Qur’onning yoqilishini qoralab, ayni paytda qirollik ushbu hodisani muhokama qilayotganini bildirgan. Shuningdek, mamlkat tashqi ishlar vaziri mahalliy qonunlarga asosan diniy kitoblarni yoqish jinoyat sifatida malakalanmasligini ham ta’kidlab o‘tgan.

Qur’on yoqib yuborilgan harakatlar islom mamlakatlarida ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Yaman poytaxti Sanoda dushanba kuni minglab odamlar norozilik namoyishi uchun ko‘chalarga chiqdi.

Deutsche Welle nashrining xabar berishicha, 20-iyulda Qur’onning yoqilishi ortidan Bag‘dodda mingga yaqin musulmon Daniya elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan. Basrada norozilar Daniyaning qochqinlar ishi bo‘yicha gumanitar missiyasi binosiga o‘t qo‘ygan.

Iroq prezidenti Abdul Latif Rashid xalqaro tashkilotlarni va g‘arb davlatlari rahbarlarini «provokatsiyalarni va nafrat qo‘zg‘atishni to‘xtatish»ga chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya poytaxtida o‘tkazilgan xuddi shunday aksiya ortidan musulmon namoyishchilari Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga hujum qilib, uni yoqib yuborishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring