Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyani «do‘zax qurtlari» bosmoqda — hukumat maxsus yig‘ilish o‘tkazadi

Daniyani «do‘zax qurtlari» bosmoqda — hukumat maxsus yig‘ilish o‘tkazadi

Daniyani «do‘zax qurtlari» bosmoqda — mahalliy televideniye ularni shunday ta’rifladi.

Aslida bular eman daraxti ipak qurtlari (lot. Thaumetopoea processionea). Ularning tanasidagi mayda tukchalar tarkibida taumetopein nomli zaharli oqsil mavjud bo‘lib, u terida qizarish va qichishish, shuningdek nafas olish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ayrim hollarda kuchli allergik reaksiya, hatto anafilaktik shok ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. OAV xabariga ko‘ra, hukumat yozgi ta’tildan so‘ng ushbu muammo yuzasidan maxsus yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Eman ipak qurtining bu turi Kopengagen, Odense, Nyuborg, Kerteminne, Nordfyun, Myorse va Xerning kommunalari hududida aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring