Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp vafot etgani haqida mish-mishlar tarqayapti

Donald Tramp vafot etgani haqida mish-mishlar tarqayapti

Ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda AQSh prezidenti Donald Tramp vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Bu xabarlar asos sifatida AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning kecha aytgan so‘zlari keltirilmoqda. Vens kecha o‘z bayonotida, agar Tramp bilan nimadir yuz bersa, AQSh prezidentligi vakolatlarini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Tramp seshanba kunidan beri omma oldida ko‘rinish bermadi, bu esa uning uchun o‘ta noodatiy holat sifatida ko‘rilmoqda.

«Shuningdek, Pentagonning favqulodda vaziyatlar bilan shug‘ullanayotganidan darak beruvchi «pitssa indeksi»ning yuqoriligi ham kuzatilmoqda», – deya yozmoqda «Strana».

Avvalroq Oq uy tibbiy hisobotida AQSh prezidentida venoz yetishmovchiligi tashxisi qayd etilgandi. Bir necha kun avval esa ommaviy axborot vositalari Trampning qo‘lida ko‘karish payqagan edi.

Hozircha ushbu ma’lumotni rasman izohlovchi bayonot berilmagan. Trampning o‘limiga oid hech qanday ishonchli dalillar yo‘q.

Manba: ctrana.one

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring