Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bozori xavf ostida: Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish to‘xtab qoldi

Dunyo bozori xavf ostida: Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish to‘xtab qoldi

Yaqin Sharqdagi harbiy eskalatsiya oqibatida dunyodagi eng muhim suv yo‘llaridan biri bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi amalda bloklab qo‘yildi. CNN telekanali S&P Global Commodities at Sea ma’lumotlari asosida xabar berishicha, o‘tgan chorshanba kuni birorta ham neft tankeri ushbu bo‘g‘ozdan o‘tmadi.

Tankerlar nafaqat bo‘g‘ozga kira olmayapti, balki undan chiqib ketishda ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi kemalar yakshanba kunidan beri bo‘g‘oz orqali harakatlangani yo‘q.

Eron va AQSh-Isroil o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar, xususan, Kuvaytdagi aviabazaga berilgan zarbalar va Eronning dengiz yo‘llarini nazorat qilish harakatlari vaziyatni keskinlashtirgan.

Hurmuz bo‘g‘ozi — dunyoda iste’mol qilinadigan neftning taxminan 20 foizi o‘tadigan strategik yo‘lakdir. Uning yopilishi global energiya bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishiga va yoqilg‘i inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring