Durovning hibsga olinishi: Amirliklar Fransiyaga talab qo‘ydi
![Durovning hibsga olinishi: Amirliklar Fransiyaga talab qo‘ydi](https://xabar.uz/static/crop/2/1/920__95_2186944947.jpg)
Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirligi Fransiyadan hibsga olingan Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlarini taqdim etishni talab qildi. BAA TIV bayonoti WAM agentligi tomonidan e’lon qildi.
«Amirliklar Le-Burje aeroportida ushlangan BAA fuqarosi, Telegram asoschisi Pavel Durov ishini diqqat bilan kuzatmoqda. Amirliklar Fransiya hukumatidan Durovga zudlik bilan barcha zarur konsullik xizmatlari taqdim etilishini talab qilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sayyoramizning eng boy kishilaridan biri, VKontakte asoschisi, Telegram egasi Pavel Durov o‘tgan shanba kuni Fransiyadagi Le-Burje aeroportida hibsga olingan edi. U Fransiya, BAA, Sent-Kits va Nevis fuqaroliklariga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter