Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng uzun sochli qiz 12 yil o‘stirgan sochini kestirishga qaror qildi (video-foto)

Eng uzun sochli qiz 12 yil o‘stirgan sochini kestirishga qaror qildi (video-foto)

https://www.guinnessworldrecords.com/news/2021/4/teen-with-worlds-longest-hair-cuts-it-off-after-12-years-of-growing-it-655428

Eng uzun soch bo‘yicha rekord o‘rnatgan qiz o‘zi uchun qadrli narsadan xalos bo‘lishga qaror qildi. U sochini kesib, soch turmagini keskin o‘zgartirdi, deyiladi Ginnesning rekordlar kitobi saytida.

Hindistonlik Nilanshi Padel 2018 yilda o‘smirlar o‘rtasida eng uzun soch bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. O‘shanda u 16 yoshda edi, sochining uzunligi esa 170,5 santimetrni tashkil etgan.

So‘nggi bor 2020-yil iyul oyida uning sochi 200 santimetrga yetganligi rasman tasdiqlandi. Shu tariqa, u ikki yil oldingi o‘z yutug‘ini yangiladi. Hammasi bo‘lib, u uch marta rekordni qo‘lga kiritgan.

Rekordchining aytishicha, u olti yoshidan boshlab sochini kestirmagan. Bunga sartaroshxonadagi noxushlik sabab bo‘lgan. 12 yildan keyingina qaychili odamni sochining yoniga yo‘latdi. Qiz kesilgan sochini muzeyga topshirishga qaror qilgan. Qirqilgan soch og‘irligi 266 grammni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring