Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eri haqida kitob yozgan adiba uni o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Eri haqida kitob yozgan adiba uni o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Foto: Fox News

Amerikalik bolalar yozuvchisi Kouri Richins 4 million dollarlik meros uchun erini zaharlaganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi NBC News.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kouri Richins turmush o‘rtog‘i Erik Richinsga o‘lim dozasidan besh barobar ko‘p fentanil qo‘shilgan kokteyl bergan. Qotillikka ayolning 1 million dollardan ortiq qarzi va erining 4 million dollarlik boyligiga ega chiqish istagi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun: ayol erining o‘limidan bir yil o‘tib, «Sen men bilanmisan?» deb nomlangan kitobni yozib, nashr etgan. Kitobda otasi vafot etgan bolaning qayg‘uni qanday yengishi va otasining «farishta» bo‘lib uni kuzatib turishi hikoya qilinadi. Kouri Richins ushbu kitobni farzandlariga erining «kutilmagan» o‘limini tushuntirish va boshqa yetim qolgan bolalarga yordam berish uchun yozganini da’vo qilgan. Hatto mahalliy telekanallarda chiqish qilib, kitobni targ‘ib ham qilgan.

Biroq, tergov xulosalariga ko‘ra, aynan shu kitobni nashr etishi uning jinoyatni yashirish va «qayg‘u chekayotgan beva» obrazini yaratish rejasining bir qismi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yozuvchi aybiga iqror bo‘lgani yo‘q. Uning advokatlari zahar marhumning organizmiga qanday tushgani bo‘yicha aniq dalillar yo‘qligini da’vo qilmoqda. Sud davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring