Eron AQSh bilan sulh paytida qancha pul ishlagani aytildi
Eron AQSh bilan sulh tuzish davrida portlarga cheklovlarning yumshatilishidan foydalanib, 5-6 milliard dollarlik neft sotishga muvaffaq bo‘ldi. Taxminan 70 million barrel neft eksport qilindi, deb xabar beradi The Wall Street Journal sanoat tahlilchilariga tayanib.
WSJ iyun oyi oxiridan beri Malayziyaning sharqiy qirg‘og‘idagi suvlarga taxminan 20 ta Eron tankeri kela boshlaganini ta’kidlamoqda. Nashrning yozishicha, Tehron neftni Malayziya hududiy suvlaridan tashqaridagi boshqa kemalarga o‘tkazish orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun tanish sxemadan foydalanmoqda.
Keyin mazkur neft Xitoydagi xususiy neftni qayta ishlash zavodlariga ham tashiladi. Tahlilchilarning fikricha, Osiyo suvlarida Eron kemalarining ko‘payib borishi yaqin kelajakda Tehron uchun bir necha milliard dollar qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.
18-iyun kuni AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar va harbiy harakatlarni to‘xtatdilar. Mamlakatlar 8-iyul kuni qurolli to‘qnashuvni qayta boshladilar. AQSh Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarga hujum qilishda ayblaganidan keyin sulh buzildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter