Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQSh bilan tinchlik kelishuvi uchun o‘z shartini aytdi

Eron AQSh bilan tinchlik kelishuvi uchun o‘z shartini aytdi

Eron Qatar orqali AQShga tinchlik kelishuvini imzolash uchun asosiy shartlardan birini yetkazgan.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, Tehron 24 milliard dollarlik muzlatilgan Eron aktivlarini blokdan chiqarishni talab qilmoqda. Taklifga ko‘ra, 12 mlrd dollar memorandum e’lon qilinishi bilanoq o‘tkazilishi va qolgan 12 mlrd dollar esa 60 kun ichida berilishi kerak.

Manbalarga ko‘ra, bu talab Vashingtonda keskin bahslarga sabab bo‘lgan. Donald Trampning ayrim ittifoqchilari mazkur mablag‘larni ajratishni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi inqirozidan keyin Eronga «mukofot berish» deb baholamoqda.

Ayni paytda AQSh va Eron o‘rtasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish hamda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring