Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron: Natanz yadroviy ob’yekti AQSh va Isroil zarbalarida nishonga olindi

Eron: Natanz yadroviy ob’yekti AQSh va Isroil zarbalarida nishonga olindi

Eron AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar chog‘ida mamlakatning yirik yadroviy majmuasi — Natanz yadroviy ob’yekti nishonga olinganini ma’lum qildi.

Bu haqda Eronning BMT huzuridagi yadroviy nazorat organidagi vakili Rizo Najafiy Vena shahrida o‘tgan yig‘ilishda jurnalistlarga ma’lum qildi.

U Xalqaro Atom energiyasi agentligi (MAGATE) Boshqaruvchilar kengashining 35 davlat ishtirok etgan yig‘ilishi doirasida so‘zga chiqib, «yana bir bor Eronning tinch maqsadlarga xizmat qiluvchi va xalqaro nazorat ostidagi yadroviy ob’yektlari hujumga uchragani»ni aytgan.

Reuters agentligi vakillari qaysi ob’yekt zarbaga uchraganini so‘raganida, Najafiy «Natanz» deb javob bergan.

Natanz majmuasi Eronning uran boyitish dasturida markaziy o‘rin tutadi va xalqaro inspeksiya ostida faoliyat yuritadi.

Hozircha AQSh va Isroil tomoni ushbu bayonot yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Zarar ko‘lami yoki radiatsiya xavfi bo‘yicha ham aniq ma’lumot taqdim etilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring