Eronda AQSh va Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxs qatl etildi
Eronda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi – MRB va Isroil maxsus xizmati – Mossad foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan shaxsga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi.
Eron sud tizimiga qarashli «Mizan» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qatl etilgan shaxs Erfon Shakurzoda bo‘lib, u sun’iy yo‘ldosh loyihalari bilan bog‘liq ilmiy tashkilotda ishlagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u xorijiy razvedka xizmatlariga maxfiy texnik ma’lumotlarni uzatgan.
Inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi Iran Human Rights Society tashkiloti esa Shakurzoda 29 yoshda bo‘lganini va aerokosmik muhandislik yo‘nalishi bitiruvchisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilot iddaosiga ko‘ra, u o‘tgan yili hibsga olingan va tergov davomidagi iqrorlari bosim ostida olingan bo‘lishi mumkin.
Eron rasmiylari bu ishni milliy xavfsizlikka tahdid va maxfiy ma’lumotlar sizdirilishi bilan bog‘lamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter