Eronda namoyishchilar qatl etilmaydi. Mamlakat osmoni ham qayta «ochildi»
Mintaqadagi vaziyat AQSh va Eron o‘rtasida yangi mojaro ehtimoli haqidagi xavotirlar ortishi fonida keskinlashmoqda. AQSh Qatardagi harbiy aviabazadan ayrim xodimlarini olib chiqishni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Shu bilan birga, Eron havo hududi vaqtinchalik cheklovlar muddati tugagach, yana parvozlar uchun ochildi. Parvozlarni kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim samolyotlar yana Tehron tomon yo‘l olgan.
So‘nggi haftalarda Eronni qamrab olgan ommaviy norozilik namoyishlari asosan susaygan. Rasmiylar qurbonlar soni bo‘yicha aniq ma’lumot bermagan, biroq hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlarining kamida 100 nafar a’zosi halok bo‘lgan. Muxolifat faollari esa qurbonlar soni ancha yuqori ekanini, ular orasida ming nafardan ortiq namoyishchi borligini bildirmoqda.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi mamlakat hukumati norozilik namoyishlarida ishtirok etgan shaxslarni qatl etishni rejalashtirayotgani haqidagi da’volarni rad etdi. Bu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp namoyishchilarning o‘ldirilishi to‘xtatilgani haqida kafolat olganini aytganidan so‘ng yangradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter